O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston va Ozarbayjon tog‘-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

UzDaily · 20.06.2026 · 22:25 · 25 views
O‘zbekiston va Ozarbayjon tog‘-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Ozarbayjon tog‘-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
 

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadov ishtirokida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda geologiya, yer qa’ridan foydalanish va tog‘-kon sanoati sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda AzerGold kompaniyasi o‘rtasida geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish, konlarni o‘zlashtirish va ilg‘or tajriba almashishni nazarda tutuvchi hamkorlik bitimi imzolandi.

Shuningdek, NEQSOL Holding kompaniyasi bilan mineral xomashyo resurslarini o‘zlashtirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvga erishildi.

Imzolangan hujjatlar investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida tog‘-kon sanoati sohasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

UzDaily · 👁 25 views · 20.06.2026 · 22:25