O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

O‘zbekiston va Huawei IT sohasida kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildi

UzDaily · 20.12.2024 · 22:58 · 1196 views
O‘zbekiston va Huawei IT sohasida kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Huawei IT sohasida kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha prezidenti Stiven Yi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv AKT akademiyasining mintaqadagi faoliyatining 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Huawei kompaniyasining taʼlim tashabbuslari asosida Oʻzbekistonda AKT sohasidagi isteʼdodlarni tayyorlash boʻyicha muvaffaqiyatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda yosh avlodni ilgʻor texnologiyalarni oʻrganishga jalb qilish va mintaqa talabalari uchun yirik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.