O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

Sherzod Shermatov WAIC 2026 konferensiyasining ochilishida ishtirok etdi

UzDaily tahririyati · 20.07.2026 · 11:00 · 81 views
Sherzod Shermatov WAIC 2026 konferensiyasining ochilishida ishtirok etdi

Sherzod Shermatov WAIC 2026 konferensiyasining ochilishida ishtirok etdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Shanxay shahrida o‘tayotgan Sunʼiy intellekt bo‘yicha butunjahon konferensiyasi (World Artificial Intelligence Conference, WAIC)ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ham qatnashdi. U o‘z nutqida sunʼiy intellektni rivojlantirish, uni xavfsiz va masʼuliyatli tarzda qo‘llash, shuningdek, mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

WAIC 2026 dasturi sunʼiy intellekt, raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar hamda sunʼiy intellekt sohasida global boshqaruv masalalariga bag‘ishlangan 140 dan ortiq forum, panel sessiyalari va mavzuli muhokamalarni o‘z ichiga oladi.

Konferensiya ishida turli mamlakatlardan 1 400 nafardan ortiq ekspert va soha vakillari, shuningdek, 1 100 dan ziyod kompaniya ishtirok etmoqda.

Forum doirasida ilk bor 300 dan ortiq yangi texnologik mahsulot va yechimlar namoyish etilmoqda.

WAIC ishtirokchilari sunʼiy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalar almashish, II texnologiyalarini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joriy etish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda global tartibga solish va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qilmoqda.