O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston va Germaniya savdo aylanmasi $411 mlndan oshdi

UzDaily · 17.06.2026 · 17:45 · 30 views
O‘zbekiston va Germaniya savdo aylanmasi $411 mlndan oshdi

O‘zbekiston va Germaniya savdo aylanmasi $411 mlndan oshdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 411,6 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 20,2 million AQSH dollariga oshgan.

Tashqi savdo aylanmasi tarkibida O‘zbekistondan Germaniyaga eksport hajmi 52,4 million AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, Germaniyadan import hajmi 359,2 million AQSH dollariga yetgan.

Investitsiyaviy hamkorlik sohasida 2026 yil 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi 240 ta korxona faoliyat yuritgan.

2026 yil yanvar–mart oylarida Germaniyadan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar va kreditlar hajmi 205,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Turizm sohasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari soni 10 989 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2 981 nafar O‘zbekiston fuqarosi Germaniyaga safar qilgan.

Taʼlim sohasida 42 nafar Germaniya fuqarosi o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan, 190 nafar O‘zbekiston fuqarosi esa taʼlim olish uchun Germaniyaga jo‘nab ketgan.

UzDaily · 👁 30 views · 17.06.2026 · 17:45