O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston va Aydeniz Group tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikning yangi ufqlarini muhokama qilmoqda

Dilafro'z Niyazova · 23.05.2025 · 13:10 · 480 views
O‘zbekiston va Aydeniz Group tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikning yangi ufqlarini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston va Aydeniz Group tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikning yangi ufqlarini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir o‘rinbosari U.Yusupov, vazirlik mutasaddilari hamda Aydeniz Group kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari hamda sohada jozibador investitsiyaviy shart-sharoitlar yaratilgani haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek xorij kompaniyasi vakillariga istiqbolli maydonlar shaffof mexanizmlar asosida ochiq auksion savdolariga chiqarilayotgani, savdolarda mahalliy va xorijlik investorlar ishtirok etayotgani qayd qilindi.