O'zbekiston va Abdi Ibrohim farmatsevtika loyihalarini muhokama qilishdi
O'zbekiston va Abdi Ibrohim farmatsevtika loyihalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Turkiyaning “Abdu Ibrahim” kompaniyasi delegatsiyasi ishtirokida farmatsevtika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston tomonidan farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xalqaro sifat standartlarini joriy etish hamda “Tashkent Pharma Park” (BioPharma City) farmatsevtika klasteri loyihasini rivojlantirish bo‘yicha batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Shuningdek, tomonlar farmatsevtika sohasida ikki davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va amaliy loyihalarni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildir