O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishi 7,8 foizga o‘sdi

O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishi 7,8 foizga o‘sdi

O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishi 7,8 foizga o‘sdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi hajmi 394,7 trillion so‘mni tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 7WEWE,8 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlarida keltirilgan.

2026 yil 1 may holatiga ko‘ra, mamlakatda 61,4 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan. Eng ko‘p korxonalar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida qayd etilgan — 12,3 mingta yoki umumiy soning 20 foizi. Shuningdek, nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish — 8,6 mingta yoki 14 foiz, kiyim-kechak ishlab chiqarish — 6,2 mingta yoki 10 foiz, metall buyumlar, mebel va tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida ham yuqori ko‘rsatkich kuzatilgan.

Mamlakat bo‘yicha aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi o‘rtacha 10,3 million so‘mni tashkil etdi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida — 90,3 million so‘m, Toshkent shahrida — 20 million so‘m va Toshkent viloyatida — 18,6 million so‘m darajasida qayd etilgan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarish o‘sish surʼati mamlakat bo‘yicha o‘rtacha 105,9 foizni tashkil qildi. O‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori natijalar Jizzax, Andijon va Samarqand viloyatlarida — 107,3 foiz, Sirdaryo viloyatida — 106,8 foiz, Namangan va Buxoro viloyatlarida esa 106,5 foiz darajasida kuzatilgan.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida asosiy ulush qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, 338,5 trillion so‘m yoki 85,8 foizni tashkil etgan. Konchilik va foydali qazilmalar qazib olish sohasi — 27,5 trillion so‘m yoki 7 foiz, elektr energiyasi, gaz va issiqlik taʼminoti — 26,6 trillion so‘m yoki 6,7 foiz, suv taʼminoti va chiqindilarni qayta ishlash sohasi esa 2,1 trillion so‘m yoki 0,5 foizni tashkil qilgan.

Hisobot davrida mamlakatda 12,6 milliard kub metr tabiiy gaz, 209 ming tonna neft, 1,3 million tonna ko‘mir, 417,5 ming tonna avtomobil benzini, 381 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 6,5 million tonna portlandsement, 262,9 ming tonna ip-kalava va 526,6 ming tonna bug‘doy uni ishlab chiqarilgan.

Qayta ishlash sanoati tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 16,3 foizni, tekstil va kiyim-kechak — 14,6 foizni, tayyor metall buyumlari va mashinasozlik — 16,3 foizni, kimyo hamda rezina-plastmassa mahsulotlari esa 6,4 foizni tashkil etgan.

Texnologik tuzilmaga ko‘ra, yuqori texnologiyali sektor ulushi 1 foiz, o‘rtacha yuqori texnologiyali sektor — 17,9 foiz, o‘rtacha past texnologiyali sektor — 46,6 foiz va past texnologiyali sektor — 34,5 foizni tashkil qildi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 4,7 foizga oshgan. Shu bilan birga, yirik korxonalarda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish 82,4 foizgacha pasaygan. Shuningdek, tekstil chiqindilari hajmi 16,2 foizga kamaygani va oqova suvlarni tozalash hamda utilizatsiya qilish xizmatlari hajmi 15,2 foizga oshgani qayd etilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling