O‘zbekiston prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda prezidentning madaniyat masalalari bo‘yicha vakili tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Prezident tomonidan imzolangan farmonga muvofiq, mazkur lavozimga G‘iyosiddin Qutbiddinovich Rejabov tayinlandi.

Ushbu tayinlovga qadar u Prezident Administratsiyasining kreativ iqtisodiyot va turizm departamentida sektor mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlov madaniyat sohasi va kreativ iqtisodiyotni boshqarish tizimidagi kadrlar o‘zgarishlari bilan bog‘liq.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling