O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Gruziya bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Gruziya bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi
O‘zbekiston Prezidenti Gruziya bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrifi doirasida Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzeni qabul qildi.

Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Gruziya Bosh vazirining joriy yil mart oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Faol idoralararo aloqalar davom etmoqda, tashqi ishlar va iqtisodiyot vazirlarining uchrashuvlari o‘tkazildi. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni oshmoqda.

O‘zaro tovar yetkazib berishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, elektrotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat tarmoqlarida, shuningdek, logistika sohasida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.