O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Dushanbega keldi

O‘zbekiston Prezidenti Dushanbega keldi
O‘zbekiston Prezidenti Dushanbega keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi.

Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi "Markaziy Osiyo - Rossiya" formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.