O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O'zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi o'yindan so'ng yosh muxlisni mashg'ulotlarga taklif qildi

UzDaily · 22.06.2026 · 14:25 · 24 views
O'zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi o'yindan so'ng yosh muxlisni mashg'ulotlarga taklif qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi o'yindan so'ng yosh muxlisni mashg'ulotlarga taklif qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakat terma jamoasining mag‘lubiyatidan qattiq taʼsirlangan yosh muxlisni qo‘llab-quvvatlash tashabbusi bilan chiqdi.

2026 yilgi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda yosh o‘zbekistonlik muxlisning sevimli jamoasi yutqazganidan ko‘z yoshlarini to‘kayotgani aks etgan video keng tarqaldi.

Bolaning samimiy his-tuyg‘ulari sport rahbariyati va milliy terma jamoa futbolchilarini befarq qoldirmadi. Shu munosabat bilan yosh muxlis mamlakat bosh jamoasining yopiq mashg‘ulotiga rasman taklif etildi.

Terma jamoa yig‘ini bazasida mehmonni hozirda O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarayotgan mashhur italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro kutib oldi.

Uchrashuv davomida futbolchilar va murabbiylar sodiq muxlis bilan muloqot qilib, unga esdalik sovg‘asi topshirdilar. Sovg‘a sifatida O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari tomonidan imzolangan rasmiy o‘yin futbolkasi taqdim etildi. Mazkur ijtimoiy aksiya jarayoni AFU matbuot xizmati tomonidan batafsil yoritildi.

Shu bilan bir vaqtda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turi bo‘yicha statistik natijalarni eʼlon qildi.

Tashkilotning rasmiy hisobotida musobaqa ishtirokchilarining tezlik ko‘rsatkichlariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov yuqori natija qayd etib, joriy jahon chempionatining eng tezkor futbolchilari uchligiga kirdi.

UzDaily · 👁 24 views · 22.06.2026 · 14:25