O‘zbekiston farmatsevtikada sunʼiy intellektni joriy etishni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Partex AI kompaniyasi bilan farmatsevtika va biotibbiyot sohalarida sunʼiy intellekt hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildi. Uchrashuv 2026 yil 26 avgust kuni bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar farmatsevtika sanoatini raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish va dori vositalarini ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Zamonaviy raqamli yechimlarni amaliy faoliyatga joriy etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv ishtirokchilari farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ham fikr almashdi. Muhokama qilingan yo‘nalishlar qatorida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, maʼlumotlarni tahlil qilishni takomillashtirish va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish masalalari bo‘ldi.
Agentlik vakillari O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt asosidagi yechimlardan foydalanishning mavjud imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar haqida axborot taqdim etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar farmatsevtika sektoriga sunʼiy intellekt va ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi. Bundan tashqari, tajriba almashinuvini rivojlantirish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.