O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O'zbekiston eshkak eshish bo'yicha Jahon kubogida oltin medalni qo'lga kiritdi

UzDaily · 15.06.2026 · 09:40 · 30 views
O'zbekiston eshkak eshish bo'yicha Jahon kubogida oltin medalni qo'lga kiritdi

O'zbekiston eshkak eshish bo'yicha Jahon kubogida oltin medalni qo'lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakillari Bolgariyaning Plovdiv shahrida bo‘lib o‘tayotgan para akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasiga PR3 MIX2x yo‘nalishidagi oltin medalni Akbarali Abduvaliyev va Dinara Belyanina taqdim etdi. Final bahsida sportchilar 7:45.71 natija qayd etib, birinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi.

Musobaqalar Jahon kubogining ikkinchi bosqichi doirasida tashkil etildi. Turnirning so‘nggi kuni final bahslari o‘tkazildi va uning yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonlik sportchilar ushbu yo‘nalishdagi yetakchiligini yana bir bor tasdiqladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Plovdiv bosqichini ikki nafar sportchi hisobiga qo‘lga kiritilgan ikki oltin medal bilan yakunladi.

UzDaily · 👁 30 views · 15.06.2026 · 09:40