O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunlashdi

Dilafro'z Niyazova · 30.08.2025 · 21:36 · 710 views
Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunlashdi
Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunlashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bolgariyaning Sofiya shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari nihoyasiga yetdi. Musobaqaning bugungi bellashuvlari ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli oʻtdi.

Qizlar oʻrtasida +70 kg vazn toifasida kurashgan Umida Nigʻmatova barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medalni kiritdi.

Shu tariqa, musobaqada 5 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamgʻargan dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.

Dasturga koʻra ertaga aralash jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.