O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston 14,5 ming tonna yeryong‘oq eksport qildi

Dilafro'z Niyazova · 25.01.2025 · 15:20 · 856 views
O‘zbekiston 14,5 ming tonna yeryong‘oq eksport qildi
O‘zbekiston 14,5 ming tonna yeryong‘oq eksport qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 22,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 14,5 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

O‘zbekiston 2024-yilda eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

Pokiston – 4 080 tonna

Ozarbayjon – 1 585 tonna

Rossiya – 1 571 tonna

Turkmaniston – 1 429 tonna

Qozog‘iston – 1 379 tonna

Boshqa davlatlar – 4 483 tonna.