O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Ozarbayjonning Foster APC kompaniyasi O‘zbekistondagi infratuzilma loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdor

Dilafro'z Niyazova · 27.05.2025 · 16:25 · 471 views
Ozarbayjonning Foster APC kompaniyasi O‘zbekistondagi infratuzilma loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdor
Ozarbayjonning Foster APC kompaniyasi O‘zbekistondagi infratuzilma loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ISSVda Ozarbayjon Respublikasi Foster APC ijrochi direktori Mujtaba Navaz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

2016-yilda tashkil etilgan Foster APC Ozarbayjonning qurilish va injiniring xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalaridan biridir.

Uchrashuvda xorijiy kompaniyaga Oʻzbekistonda investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Kompaniya rahbariyati O'zbekistonda energetika, suv resurslarini boshqarish va geologiya sohalaridagi loyihalarda investor sifatida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida boʻlajak hamkorlik doirasida qoʻshimcha texnik-iqtisodiy maʼlumotlar almashish, loyiha parametrlarini baholash va zarur hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.