OTB sektor direktori Jingming Xuang Toshkent shahridagi uy-joy kommunal xizmatlari va suv xo'jaligi sohasini modernizatsiya qilish masalasini muhokama qildi
OTB sektor direktori Jingming Xuang Toshkent shahridagi uy-joy kommunal xizmatlari va suv xo'jaligi sohasini modernizatsiya qilish masalasini muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 8–13-iyun kunlari OTBning suv resurslari va shahar rivojlanishi bo‘yicha sektor direktori Jingmin Huang Toshkentga tashrif buyurib, suv va shahar infratuzilmasi sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar jarayoni hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Tashrif davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda “O‘zsuvta’minot” AJ vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tomonlar loyihalarni amalga oshirishdagi muhim masalalar, jumladan moliyaviy boshqaruv va institutsional salohiyatni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonda suv infratuzilmasi va shahar xizmatlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, O‘zbekistonda suv infratuzilmasi va shahar xizmatlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.