O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oliy Majlis delegatsiyasi Xitoyning qashshoqlikni kamaytirish tajribasini o'rgandi

UzDaily tahririyati · 23.07.2026 · 17:45 · 26 views
Oliy Majlis delegatsiyasi Xitoyning qashshoqlikni kamaytirish tajribasini o'rgandi

Oliy Majlis delegatsiyasi Xitoyning qashshoqlikni kamaytirish tajribasini o'rgandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining kambag‘allikni qisqartirish va qishloqlarni modernizatsiya qilish borasidagi tajribasini o‘rgandi.

Xususan, senatorlar Qobul Tursunov va Sayyora Abdikarimova Anxoy provinsiyasida aholi bandligini ta’minlash, quyosh panellari orqali qo‘shimcha daromad manbai yaratish, agroturizm, kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, mahsulotlarni kafolatli sotish tizimi bilan tanishdi.

Delegatsiya a’zolari qator samarali uchrashuvlar ham o‘tkazdi. Jumladan, Xitoy xalqining xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyati (CPAFFC) rahbariyati bilan muzokaralar chog‘ida xalq diplomatiyasi, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.