Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va O‘mon hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafo al-Busaidiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, o‘zaro manfaatli bo‘lgan dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.