Oʻzbekiston va Tojikiston bojxona hamkorligini rivojlantirmoqda

Oʻzbekiston va Tojikiston bojxona hamkorligini rivojlantirmoqda

Oʻzbekiston va Tojikiston bojxona hamkorligini rivojlantirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Jartepa” chegara bojxona postida O‘zbekiston va Tojikiston bojxona delegatsiyalari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari N. Musamuhamedov va Tojikiston bojxona xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari A. Tursunzoda o‘zaro muloqot davomida bojxona chegaralari orqali tovar va transport vositalarini harakatlanishini yanada yengillashtirish, o‘tkazish punktlari faoliyatini takomillashtirish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qator muhim masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuvda tomonlar bojxona xizmatini raqamlashtirish borasida o‘z tajribalarini o’rtoqlashishdi. Junladan,

Tojikiston delegatsiyasi 2026-yil 16 martdan joriy etilgan transport vositalarini identifikatsiya qilish va rasmiylashtirish tizimi — VIN.TJ bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi.

Mehmonlar O‘zbekiston tomonining mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or tajribasini yuqori baholashdi va shu boisdan ushbu yo’nalishda hamkorlikka e’tibor qaratishlarini bildirishdi.

Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni faoliyatga zamonaviy yechimlarni joriy etish va bojxona nazorati samaradorligini oshirish yo’nalishida yanada mustahkamlashga kelishib olishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling