O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Paragvay konchilik va geologiya sohasida amaliy hamkorlikni boshlashga kelishib oldilar

Dilafro'z Niyazova · 26.02.2026 · 12:35 · 615 views
Oʻzbekiston va Paragvay konchilik va geologiya sohasida amaliy hamkorlikni boshlashga kelishib oldilar
Oʻzbekiston va Paragvay konchilik va geologiya sohasida amaliy hamkorlikni boshlashga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 25-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi delegatsiyasi vakillari Assunsion shahrida Paragvay Respublikasi Jamoat ishlari va kommunikatsiyalar vazirligining mineral resurslar va energetika bo‘yicha vitse-vaziri Maurisio Bejarano bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari tomonidan kelishilgan kon-geologiya sohasidagi istiqbolli yoʻnalishlarda amaliy ishlarni boshlash, sohada ilmiy-texnik hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qator hujjatlarni qisqa muddatlarda belgilangan tartibda imzolashga kelishib oldi.