O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi strategik sheriklik masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily · 04.06.2026 · 17:35 · 458 views
Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi strategik sheriklik masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi strategik sheriklik masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari, jumladan, siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar joriy yilda turli darajalarda rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashdi.