O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va JICA yoʻl loyihalarini amalga oshirishni tezlashtiradi

UzDaily · 19.06.2026 · 09:40 · 29 views
Oʻzbekiston va JICA yoʻl loyihalarini amalga oshirishni tezlashtiradi

Oʻzbekiston va JICA yoʻl loyihalarini amalga oshirishni tezlashtiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Transport vazirligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi — JICA delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda JICA (Japan International Cooperation Agency)vitse-prezidenti Yoshikava Yoshifumi, Transport vaziri o‘rinbosari Ilxomjon Abdugafarov hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunovlar ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda tomonlar JICA tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati, ularni jadallashtirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi. 

Xususan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi tunnelni qurish, Samarqand viloyatida 37 km yo‘l va 4 ta ko‘prikni rekonstruksiya qilish hamda Andijon viloyatida 45 km yo‘lni rekonstruksiya qilish loyihalari shular jumlasidandir. 

Mazkur loyihalarni amalga oshirishda atrof-muhit va ekologiyani asrashga alohida e’tibor qaratgan holda, eng optimal yechimlarni ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi. 

Tomonlar loyihalar doirasida amaliy ishlarni jadallashtirish zarurligi qayd etib, ushbu yo‘nalishda kelgusidagi amaliy ishlar belgilab olindi. 

Shuningdek, uchrashuvda yo‘l xo‘jaligi mutaxassislarining ilmiy va amaliy tajribalarini yanada oshirish uchun Yaponiya tajribasini o‘rganish masalalarini grant mablag‘lar asosida tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga kelishib olindi. 

Xususan, tunnel va avtomagistrallarni loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishda Yaponiya tajribasini o‘rganish maqsadida o‘zaro malaka oshirish kurslarini tashkil etish tashabbusi bildirildi.

UzDaily · 👁 29 views · 19.06.2026 · 09:40