O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya jenshen va vasabi yetishtirish texnologiyalarini joriy etadi

UzDaily · 23.06.2026 · 15:00 · 33 views
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya jenshen va vasabi yetishtirish texnologiyalarini joriy etadi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya jenshen va vasabi yetishtirish texnologiyalarini joriy etadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.

Tashrif doirasida o‘tkazilgan “Koreya yarimoroli va Shimol mamlakatlarining madaniyati va strategiyalari” konferensiyasi hamda “O‘zbek-Koreya ekspertlar forumi”da Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan taqdimot va ma’ruzalar qilindi.

Shu bilan birga, tashrif mobaynida vazirlik vakillari tomonidan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, “Shitake” qo‘ziqorinlari, jenshen va vasabi o‘simliklarini O‘zbekiston sharoitida yetishtirish, lalmikor yerlarni o‘zlashtirishga koreys investorlarini jalb etish, shuningdek, sholichilik sohasiga zamonaviy texnikalarni joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Koreyaning oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlari bilan Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi hamda mamlakatimiz universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari ham keng muhokama qilindi.

Mazkur tashrif agrar sohada innovatsion loyihalarni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot hamkorligini kengaytirish hamda yangi investitsiyaviy tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim qadam bo‘ldi.

UzDaily · 👁 33 views · 23.06.2026 · 15:00