O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Iroq iqtisodiyot va savdo boʻyicha qoʻshma qoʻmitani tuzdilar

UzDaily · 20.06.2026 · 21:45 · 25 views
Oʻzbekiston va Iroq iqtisodiyot va savdo boʻyicha qoʻshma qoʻmitani tuzdilar

Oʻzbekiston va Iroq iqtisodiyot va savdo boʻyicha qoʻshma qoʻmitani tuzdilar

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — TIIF-2026 doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vaziri Laziz Kudratov Iroq Respublikasi Savdo vaziri janob Mustafo Nizor Juma Al-Hayyi bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida tomonlar har ikki mamlakat ishbilarmon doiralari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratdilar.

Biznesni institutsional qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari, qoʻshma tadbirlar oʻtkazish, oʻzaro maʼmuriy, bojxona va viza tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek, banklararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, vazirlar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, tayyor mahsulotlarni oʻzaro bozorlarga olib chiqish va samarali tranzit-logistika koridorlarini rivojlantirish boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida “Qoʻshma iqtisodiy va savdo qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Memorandum imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni tizimli muvofiqlashtirish, yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish hamda masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

UzDaily · 👁 25 views · 20.06.2026 · 21:45