O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Huawei energetika tizimi boʻyicha memorandum imzoladilar

UzDaily · 13.05.2026 · 18:45 · 416 views
Oʻzbekiston va Huawei energetika tizimi boʻyicha memorandum imzoladilar

Oʻzbekiston va Huawei energetika tizimi boʻyicha memorandum imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston energetika haftaligi – 2026” doirasida Energetika vazirligi, “Silk Road Energy Planning and Engineering” hamda “Huawei” kompaniyasi o‘rtasida energetika tizimi obyektlarini zamonaviy sinovdan o‘tkazish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik energetika tizimining ishonchliligi va barqarorligini oshirish, elektr tarmoqlarini xavfsiz boshqarish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tizimga samarali integratsiya qilishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida real vaqt simulyatorlari va Hardware-in-the-Loop (HIL) texnologiyalaridan foydalaniladi. Bu esa elektr stansiyalari va boshqaruv tizimlarini haqiqiy ish sharoitiga yaqin holatlarda, jumladan avariya vaziyatlarida ham xavfsiz sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.

Memorandum texnologik hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda O‘zbekiston energetika tizimining xavfsizligi va samaradorligini yanada mustahkamlash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

UzDaily · 👁 416 views · 13.05.2026 · 18:45