O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Gruziya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

UzDaily tahririyati · 01.07.2026 · 11:40 · 26 views
Oʻzbekiston va Gruziya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Gruziya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligidagi delegatsiya Gruziyada bo’lib turibdi.

Tashrif doirasida Gruziya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Lasha Dolidze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida uzumchilik, vinochilik, zaytunchilik, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Gruziya qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida qo‘shma ishchi guruh tashkil etish hamda uning birinchi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Mazkur uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.