O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Jamshid Qo'chqorov SUEZ delegatsiyasi bilan suv ta'minotini modernizatsiya qilishni muhokama qildi

UzDaily · 20.06.2026 · 23:00 · 29 views
Jamshid Qo'chqorov SUEZ delegatsiyasi bilan suv ta'minotini modernizatsiya qilishni muhokama qildi

Jamshid Qo'chqorov SUEZ delegatsiyasi bilan suv ta'minotini modernizatsiya qilishni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov SUEZ kompaniyasining Markaziy Osiyo, Kavkaz va Turkiya bo‘yicha bosh ijrochi direktori Silver Delone boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va SUEZ kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, suv ta’minoti va oqova suv infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda loyihalarni samarali muvofiqlashtirish, qaror qabul qilish jarayonlarini jadallashtirish va tegishli tashkilotlar o‘rtasida tizimli hamkorlikni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ va SUEZ kompaniyasi vakillari o‘rtasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud loyihalar bo‘yicha amaliy ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Tomonlar suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini modernizatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish, xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali kommunal xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va SUEZ kompaniyasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni davom ettirish, joriy loyihalar ijrosini jadallashtirish hamda suv infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.

UzDaily · 👁 29 views · 20.06.2026 · 23:00