ISSV va United Green Group harakatlar rejasini imzoladilar
ISSV va United Green Group harakatlar rejasini imzoladilar
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Akram Aliyev United Green Group kompaniyasi investitsiyalar bo‘yicha direktori Albrecht Frischenschlager bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Xususan, O‘zbekistonda zamonaviy integratsiyalashgan dehqonchilik, sut chorvachiligi va sut mahsulotlari ishlab chiqarish tizimini yaratish loyihasi batafsil muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha loyihani amalga oshirishga qaratilgan uch tomonlama Harakatlar rejasi imzolandi hamda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga tayyorlik tasdiqlandi.