Oʻzbekiston va BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi yer osti suvlarini muhofaza qilishni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi yer osti suvlarini muhofaza qilishni muhokama qilishdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 30-iyun kuni BMT YEIK Suv konvensiyasi vakillari bilan transchegaraviy yer osti suvli qatlamlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari boʻyicha uchrashuv boʻlib o‘tdi.
Uchrashuvda Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari R.Yusupov boshchiligida “Oʻzbekgidrogeologiya” DM, “GIDROINGEO Instituti” DM va Caritas Switzerland vakillari ishtirok etib, amalga oshirilayotgan Toshkentoldi transchegaraviy yer osti suvli qatlamini himoya qilish va undan barqaror foydalanish loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.
Bunda loyiha doirasida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadi yoʻnalishida transchegaraviy suv hamkorligini baholash koʻrsatkichlaridan foydalanish, Qozogʻiston Respublikasi Suv resurslari va irrigatsiya vazirligi bilan hamkorlikni kuchaytirish, Oʻzbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillaridan iborat Ishchi guruh tuzgan holda yer osti suvlari masalalarini kompleks hal etish hamda kelgusida mazkur yoʻnalishdagi loyihalar hajmini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.