Oʻzbekiston va Avstriya soliqlar, migratsiya va diplomatik rejim boʻyicha bir qator kelishuvlarni imzoladilar

Oʻzbekiston va Avstriya soliqlar, migratsiya va diplomatik rejim boʻyicha bir qator kelishuvlarni imzoladilar

Oʻzbekiston va Avstriya soliqlar, migratsiya va diplomatik rejim boʻyicha bir qator kelishuvlarni imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 7-may kuni Toshkentda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Avstriya elchixonasi hamkorligida ikki mamlakatning 100 nafar ishbilarmon doiralari vakillari uchun O‘zbekiston-Avstriya biznes-forumi tashkil etildi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shoxrux Gulfmov mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan ma’ruza bilan chiqish qildi.

Avstriya tomonidan Yevropa va xalqaro ishlar bo‘yicha federal vazir Beate Maynl-Rayzinger hamda Moliya vazirligining davlat kotibi Barbara Aybinger-Midl ishtirok etishdi.

Forum doirasida ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish, migratsiya sohasidagi hamkorlik hamda diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejimni joriy etishga doir hujjatlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar Raiffeisen va UniCredit banklari ko‘magida faoliyat yuritayotgan Lasselsberger, Doppelmayr, AME International, Bowas va Bauer kabi kompaniyalarning muvaffaqiyatli ishlarini alohida qayd etdilar.

Tog‘-kon sanoati, agrosanoat, farmatsevtika va "yashil" energetika sohalaridagi loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Forum yangi loyihalar bo‘yicha "yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqishga qaratilgan B2B va B2G shaklidagi uchrashuvlar bilan yakunlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling