O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Senati Moʻgʻuliston bilan qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 08.05.2026 · 20:15 · 742 views
Oʻzbekiston Senati Moʻgʻuliston bilan qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Oʻzbekiston Senati Moʻgʻuliston bilan qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 8-may kuni Oliy Majlisi Senatida Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar Tuychiyev Mo‘g‘uliston Buyuk Davlat Xurali aʼzosi “Mo‘g‘uliston – O‘zbekiston” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh raisi Suxbaatar Erdenebat boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik aloqalari ko‘p asrlik do‘stlik munosabatlari hamda o‘zaro yaqin savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikka asoslangani taʼkidlandi.

Uchrashuv chog‘ida parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, parlamentlararo guruhlar faoliyati samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, agrar va ekologiya sohasida tajriba almashish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.