O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pokiston Bosh vazirining qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Davlat madhiyalari yangradi.

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.