O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston Koreyada KIA Auto mutaxassislari uchun oʻquv dasturini ishga tushirdi

Dilafro'z Niyazova · 07.12.2025 · 12:28 · 1690 views
Oʻzbekiston Koreyada KIA Auto mutaxassislari uchun oʻquv dasturini ishga tushirdi
Oʻzbekiston Koreyada KIA Auto mutaxassislari uchun oʻquv dasturini ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil sentyabr oyida Seul shahrida Migratsiya agentligi va Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvdagi kelishuvlarga ko‘ra bugun kompaniya rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.

KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026-yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. 3 oylik dasturda Koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladigan bo‘ldi.

O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — Koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.