O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston BAAning davlat xizmatlarini raqamlashtirish va nol byurokratiya islohotini amalga oshirish tajribasini oʻrganmoqda

UzDaily · 19.12.2025 · 12:05 · 1434 views
Oʻzbekiston BAAning davlat xizmatlarini raqamlashtirish va nol byurokratiya islohotini amalga oshirish tajribasini oʻrganmoqda

Oʻzbekiston BAAning davlat xizmatlarini raqamlashtirish va nol byurokratiya islohotini amalga oshirish tajribasini oʻrganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi “Zero bureaucracy” islohotlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida davlat xizmatlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va inson manfaatiga yo‘naltirish bo‘yicha BAAning ilg‘or tajribasi muhokama qilindi.

Uchrashuvlarda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi: fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni soddalashtirish, davlat xizmatlarida yagona raqamli yondashuv va ma’lumotlarni takror talab qilmaslik, e-notariat va masofaviy xizmatlar, mediatsiya orqali nizolarni sudgacha hal etish va biznes va investorlar uchun huquqiy aniqlikni kuchaytirish.

Tomonlar 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma faoliyat rejasi, qo‘shma ishchi mexanizmlar, pilot loyihalar hamda mutaxassislar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar va tadbirkorlar uchun tez, shaffof va ishonchli adliya xizmatlarini ta’minlash.

UzDaily · 👁 1434 views · 19.12.2025 · 12:05