O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston, Air Products, energetika soha, hamkorlik, masalalar

UzDaily · 16.06.2026 · 22:20 · 24 views
Oʻzbekiston, Air Products, energetika soha, hamkorlik, masalalar

Oʻzbekiston va Air Products energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov AQSHning “Air Products” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi energetika, neft-gaz va gaz-kimyo sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Qayd etilganidek, keyingi yillarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanishi energetika sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu borada ikki davlat rahbarlari darajasidagi muloqotlar va erishilgan kelishuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Uchrashuv yakunida istiqbolli investitsiya loyihalarini ilgari surish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

UzDaily · 👁 24 views · 16.06.2026 · 22:20