Valyuta kurslari 15/05/2025
$1 – 12980.16
UZS – 0,35%
€1 – 14606.57
UZS – 1,67%
₽1 – 161.63
UZS – 0,72%
Qidirish
Iqtisod 20/04/2025 Moody’s ”O'zagrosug'urta”ga Ba3 darajasida reytinglar berdi

Moody’s ”O'zagrosug'urta”ga Ba3 darajasida reytinglar berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Moody’s reyting agentligi ”O'zagrosug'urta”ga milliy va xorijiy valutadagi sug'urta moliyaviy barqarorlik reytinglarini Ba3 darajasida, shuningdek, asosiy kredit bahosini (BCA) b2 darajasida berdi. Prognoz — barqaror.

Ba3 darajasidagi reytinglar b2 darajasidagi asosiy kredit bahosini hamda O‘zbekiston hukumati tomonidan “yuqori” darajadagi qo‘llab-quvvatlash ehtimoli asosida ikki pog‘onaga ko‘tarilganligini aks ettiradi (O‘zbekiston reytingi — Ba3, barqaror prognoz).

Ekspertlar ta'kidlashicha, ”O'zagrosug'urta” aktivlari sifati investitsiya darajasidan past bo‘lgan mahalliy aktivlarga yuqori darajadagi sarmoya kiritilganini ko‘rsatadi — asosan, Ba3 reytingiga ega davlat banklaridagi joriy hisobvaraqlar va depozitlar ko‘rinishida.

Bundan tashqari, 2023 yil oxiriga kelib, kompaniya aktivlarining taxminan 55% ko‘chmas mulkka to‘g‘ri kelgan. Moody’s yaqin 12–18 oy ichida ”O'zagrosug'urta”ning investitsiya portfeli tarkibida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishini kutmayapti.

2024 yil yakunlariga ko‘ra, ”O'zagrosug'urta” 418,1 mlrd so‘m (+6,4% y/y) bilan yig‘ilgan sug'urta mukofotlari hajmi bo‘yicha sug'urta kompaniyalar orasida 6-o‘rinni egalladi. Kompaniyaning sug‘urta to‘lovlari esa yil davomida 13,0% ga kamayib, 43,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling