7
Özbekiston

Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi boş kotibini qabul qildi

Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi boş kotibini qabul qildi
Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi boş kotibini qabul qildi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiyaga amaliy taşrif doirasida Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi.

Uçraşuv davomida joriy yil 11-noyabrdan öz lavozimiga kirişayotgan Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi oldida turgan ustuvor vazifalar, Özbekiston va taşkilot örtasidagi köp qirrali hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, 2027-yilda Özbekistonda ötkazilişi rejalaştirilayotgan TDT sammitiga puxta tayyorgarlik köriş, uni yuqori taşkiliy saviyada va mazmunli ötkaziş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida davlatimiz rahbari Mirvohid Azimovni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi sifatidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar va samarali natijalar tiladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.