Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Buyuk Britaniya ta’lim sohasidagi hamkorlik böyiça yöl xaritasini işlab çiqiş hamda uni amalga oşiriş uçun qöşma işçi guruh tuzişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Ta’lim va fan vazirligi xabar berdi.
Tegişli kelişuvlarga Özbekiston Ta’lim va fan vazirligida Britaniya kengaşi boş direktori Skott Makdonald (Scott McDonald) bilan bölib ötgan uçraşuvda erişildi.
Tomonlar ingliz tili öqituvçilarining malakasini oşiriş va ularni sertifikatlaş, öquv dasturlarini Til bilişni baholaş böyiça umumevropa kompetensiyalar tizimi (CEFR) standartlariga moslaştiriş, şuningdek, Özbekistonda Britaniya universitetlari filiallarini oçiş va qöşma ta’lim dasturlarini kengaytiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Uçraşuv kun tartibidan talabalar va olimlar almaşinuvi, qöşma tadqiqotlar ötkaziş, oliy ta’limni boşqariş hamda uning sifatini oşirişda Britaniya tajribasidan foydalaniş masalalari ham örin oldi.
Bundan taşqari, iştirokçilar ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalaniş imkoniyatlarini körib çiqdi.