Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazning yetti davlati vakillari iqlim özgarişi şaroitida aholi harakatçanligi böyiça «Ipak yöli» mintaqaviy deklaratsiyasini imzoladi. Hujjat Özbekiston taşabbusi bilan BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (COP31) doirasida imzolandi. Bu haqda Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Marosim Özbekiston pavilyonida iqlim özgarişi şaroitida aholi harakatçanligi masalalariga bağişlangan yuqori darajadagi tadbir doirasida bölib ötdi. Unda Ozarbayjon, Gruziya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston vakillari, şuningdek, xalqaro taşkilotlar hamda rivojlaniş böyiça hamkorlar iştirok etdi.
Tadbirda Özbekiston nomidan Prezidentning ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov qatnaşdi.
Deklaratsiya iqlim özgarişi ta’sirida yuzaga keladigan migratsiya va aholi köçişi sohasida mintaqaviy muloqotni mustahkamlaş hamda harakatlarni muvofiqlaştirişga qaratilgan. Şuningdek, unda mamlakatlarning milliy ustuvor yönalişlarini hisobga olgan holda, zaif qatlamlarni himoya qiliş va iqlim özgarişi oqibatlariga javob qaytariş böyiça umumiy yondaşuvlarni rivojlantiriş közda tutilgan.
Iştirokçilar haroratning kötarilişi, muzliklarning erişi, suv resurslari taqçilligi, çöllaniş, yerlarning degradatsiyasi va ekstremal ob-havo hodisalarining aholi daromad manbalari hamda migratsiya jarayonlariga ta’sirini muhokama qildi.
Abduhakimov iqlim özgarişi nafaqat atrof-muhit holatiga, balki insonlar farovonligi, ularning iqtisodiy imkoniyatlari va harakatçanligiga ham ta’sir körsatişini ta’kidladi. U misol sifatida Orol dengizidagi ekologik halokatning mintaqa aholisi salomatligi, daromadlari va yaşaş şaroitiga ta’sirini keltirdi.
Uning sözlariga köra, iqlim özgarişiga çidamlilikni oşiriş uçun barqaror daromad manbalariga sarmoya kiritiş, suv resurslarini boşqariş tizimini takomillaştiriş, ekotizimlarni tiklaş va ijtimoiy himoyani rivojlantiriş talab etiladi.
Uçraşuvda, şuningdek, Özbekiston Prezidentining BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surilgan Iqlim özgarişi bilan boğliq aholi harakatçanligi sohasida xalqaro hamkorlikning global asoslarini işlab çiqiş taşabbusi (Global Framework of Cooperation on Climate Mobility) ham muhokama qilindi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mintaqaviy deklaratsiya uşbu taşabbusni ilgari surişga kömaklaşişi mumkin.