Maskatda Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati taqdim etildi
Maskatda Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati taqdim etildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 30-iyun kuni Maskat shahrida O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy va investitsiya imkoniyatlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘mon Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, 30 ga yaqin yetakchi kompaniyalar vakillari hamda boshqa tashkilotlar rahbariyati ishtirok etdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev, O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalifa al-Xarisiy hamda mamlakatimizning Maskatdagi elchisi Abdusalom Xatamov nutq qildilar.
Ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning investitsiya va turizm salohiyati hamda mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Davra suhbati doirasida O‘mon Savdo-sanoat palatasi Turizm qo‘mitasi raisi, “Siham Devepopment and Investment” kompaniyasi rahbari Siham al-Harsiyga O‘zbekistonning Sultonlikdagi turizm elchisi sertifikati topshirildi.