Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Janubiy Koreya tabiiy ofatlarning oldini olish uchun sunʼiy intellektni joriy etadi
Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Janubiy Koreya tabiiy ofatlarning oldini olish uchun sunʼiy intellektni joriy etadi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 23-iyun kuni vazirlik markaziy apparatida o‘tkazilgan uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida sunniy intellekt asosida tabiiy ofatlar vaqtida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha aloqalarni kengaytirish, hamkorlikning hozirgi holati va kelgusida rejalashtirilgan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonlar Favqulodda vaziyatlarda boshqarish Milliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni favqulodda vaziyatlarni boshqarish sohalariga keng joriy etish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilib, o‘zaro tajriba almashish va amaliy aloqalarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.