O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“MASkargo” aviakompaniyasi Toshkent orqali yuk reyslarini yo‘lga qo‘ydi

UzDaily · 15.05.2026 · 09:00 · 450 views
“MASkargo” aviakompaniyasi Toshkent orqali yuk reyslarini yo‘lga qo‘ydi

“MASkargo” aviakompaniyasi Toshkent orqali yuk reyslarini yo‘lga qo‘ydi
 

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Malayziyaning “MASkargo” yuk aviakompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportida texnik qo‘nishni amalga oshirgan holda muntazam yuk reyslarini bajara boshladi.

Parvozlar Kuala-Lumpur — Toshkent — Amsterdam yo‘nalishi bo‘yicha va ortga Airbus A330 havo kemalarida haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi. Toshkent aeroportidan havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va to‘xtab o‘tish uchun tranzit punkti sifatida foydalaniladi.

“MASkargo” reyslarining Toshkent orqali yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekistonning logistika salohiyatini mustahkamlashga va poytaxt aeroporti orqali xalqaro yuk havo qatnovini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

“MASkargo” — Malayziyaning “Malaysia Airlines” milliy aviakompaniyasining yuk bo‘linmasidir. Aviatashuvchi Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida joylashgan bo‘lib, dunyoning 100 dan ortiq shahriga yuk yetkazib beradi.

UzDaily · 👁 450 views · 15.05.2026 · 09:00