O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Loong Air Samarqanddan Sianga parvozlar sonini oshirmoqda

Dilafro'z Niyazova · 28.12.2024 · 09:36 · 1056 views
Loong Air Samarqanddan Sianga parvozlar sonini oshirmoqda
Loong Air Samarqanddan Sianga parvozlar sonini oshirmoqda (Foto: Air Samarkand)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 6-yanvardan boshlab, Loong Air aviakompaniyasi Samarqanddan Sian (Xitoy) shahridan yo‘nalish bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 3 martagacha oshiradi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar dushanba, chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqand aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 13:35 da uchib ketiladi.

Avval parvozlar haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilar edi.

Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi birinchi marta Sian (Xitoy) shahridan Samarqandga havo qatnovini 2024-yil iyun oyida yo‘lga qo‘ygan. Birinchi parvoz 16-iyun kuni amalga oshirilgan edi.