O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Karomat Omonova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempioniga aylandi

Dilafro'z Niyazova · 02.10.2025 · 21:05 · 7436 views
Karomat Omonova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempioniga aylandi
Karomat Omonova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempioniga aylandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonning Nyu-Deli shahrida o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida navbatdagi medalga ega chiqdi.

Ayollar o‘rtasida F46 toifasida tashkil etilgan yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan 20 yoshli hamyurtimiz Karomat Omonova 13.07 m natija bilan barcha raqiblaridan ustun kelish barobarida Osiyo rekordini ham yangiladi.