Jahongir Zokirov 28 iyun kuni AQSHda jang o‘tkazadi

Jahongir Zokirov 28 iyun kuni AQSHda jang o‘tkazadi

Jahongir Zokirov 28 iyun kuni AQSHda jang o‘tkazadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Jahongir Zokirov professional ringdagi navbatdagi jangini 28 iyun kuni AQSHda o‘tkazadi. Kutilishicha, sportchining raqibi amerikalik Zakari Spiller bo‘ladi.

Zokirov jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun allaqachon AQSHga yetib borgan. Kelayotgan bahs uning Dana Uaytga tegishli Zuffa Boxing promouterlik kompaniyasi homiyligidagi ilk chiqishi bo‘ladi.

Amerikalik bokschi Zakari Spiller professional ringda beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Shu bilan birga, u to‘rtta jangni muddatidan oldin yakunlagan.

Jahongir Zokirov esa hozircha professional faoliyati davomida bitta jang o‘tkazgan bo‘lib, uni nokaut bilan g‘alaba qozonib yakunlagan.

Avvalroq o‘zbekistonlik sportchi Zuffa Boxing bilan shartnoma imzolab, AQSHdagi professional faoliyatining yangi bosqichini boshlagan edi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling