Ispaniya ikkinchi bor futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Ispaniya ikkinchi bor futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ispaniya terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.
Qo‘shimcha vaqtning 106-daqiqasida Ferran Torres kiritgan gol uchrashuv taqdirini hal qildi. AQSHning Nyu-Jersi shtati, Ist-Raterford shahridagi “Metlayf” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsning asosiy vaqti hisob ochilmagan holda yakunlandi.
Uchrashuv davomida Ispaniya jamoasi tashabbusga egalik qildi. Ispaniyalik futbolchilar raqib darvozasi tomon 15 marta zarba berdi, shularning 10 tasi aniq yo‘naltirildi. Argentina terma jamoasi esa finalning asosiy vaqtida Ispaniya darvozasi tomon birorta ham zarba yo‘llamadi.
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes ikkinchi sariq kartochkani olgach, maydondan chetlatildi.
Ispaniya o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempionligi unvonini qo‘lga kiritdi. Mamlakat milliy terma jamoasi ilk bor 2010 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan edi.
Kalit so‘zlar: