Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi moliyaviy hisobotning töqqizta milliy standarti (MHMS) loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.
Xalqaro yondaşuvlar asosida işlab çiqilgan yangi standartlar 2027 yil 1 yanvardan boşlab bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Bu haqda 27 oktyabr kuni Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Amaldagi milliy buxgalteriya hisobi standartlari örniga xalqaro standartlar asosida yangi MHMSni işlab çiqiş vazifasi Prezidentning 2025 yil 15 sentyabrdagi PQ-282-son qarori bilan belgilangan.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, islohot faqat hisob yuritiş qoidalarini yangilaş bilan çeklanmaydi. Moliyaviy hisobot kompaniyalarning haqiqiy moliyaviy holati va faoliyat natijalarini tuşunarli, işonçli hamda özaro taqqoslaş mumkin bölgan şaklda aks ettirişi kerak. Bu tadbirkorlar, investorlar, kreditorlar va boşqa foydalanuvçilarning qaror qabul qiliş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangi standartlar 2026–2027 yillarga möljallangan dasturga kiritilgan bölib, u sakkizta yönaliş böyiça 30 dan ortiq hujjatni qamrab oladi.
Hozirga qadar beşta hujjat röyxatdan ötkazilgan. Muhokamaga qöyilgan yangi töqqizta loyiha hisobotlarni taqdim etiş, aktivlarni hisobga oliş, daromad va xarajatlarni tan oliş, şuningdek, MHMSga ötiş masalalarini qamrab oladi.
Jamoatçilik muhokamasiga MHMSning 5-sonli «Haqqoniy qiymatni baholaş», 7-sonli «Moliyaviy hisobotning milliy standartlarini birinçi marta qöllaş» va 10-sonli «Pul oqimlari töğrisidagi hisobot» loyihalari qöyildi.
Şuningdek, 20-sonli «Tovar-moddiy zaxiralar», 22-sonli «Asosiy vositalar» va 25-sonli «Nomoddiy aktivlar» standartlari ham muhokama qilinadi. Qolgan uçta loyiha — 50-sonli «Xaridorlar bilan şartnomalar böyiça daromadlar va xarajatlarni hisobga oliş», 53-sonli «Qarzlar böyiça xarajatlar» hamda 60-sonli «Çet el valyutasidagi operatsiyalarni hisobga oliş» standartlaridan iborat.
Loyihalar amaldagi qoidalarni xalqaro yondaşuvlarga muvofiq tizimlaştiradi va milliy standartlarda yetarliça tartibga solinmagan masalalarni qamrab oladi. Standartlarni birinçi marta qöllaşga oid hujjat yangi talablarga ötişning umumiy asoslarini belgilaydi.
Qolgan loyihalar pul oqimlari, zaxiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, şartnomalar böyiça daromadlar, qarzlar böyiça xarajatlar va valyuta operatsiyalarini hisobga olişda yagona yondaşuvni ta’minlaşi kerak.
Vazirlik buxgalterlar, auditorlar, tadbirkorlar, professional birlaşmalar, idoralar, ta’lim va ilmiy muassasalar vakillarini regulation.adliya.uz portalidagi loyihalar bilan tanişişga va öz takliflarini yuborişga taklif qildi.
Avvalroq «Moliyaviy hisobotni tuziş va taqdim etişning konseptual asoslari» hujjati röyxatdan ötkazilgan edi (2026 yil 10 iyundagi 3854-son).
Şuningdek, 2026 yil 13 avgustda 3923-son bilan MHMSning 1-sonli «Moliyaviy hisobotda axborotni taqdim etiş va oçib beriş» standarti, 2026 yil 11 aprelda 3810-son bilan esa 2-sonli «Moliyaviy hisobotni tayyorlaş asoslari: hisob siyosati va hisob baholari» standarti röyxatdan ötkazilgan.
Röyxatdan ötkazilgan hujjatlar qatoriga 2026 yil 28 sentyabrda 3944-son bilan qayd etilgan 70-sonli «Qişloq xöjaligi faoliyatini hisobga oliş» standarti hamda 2026 yil 8 avgustda 3917-son bilan röyxatdan ötkazilgan 77-sonli «Nodavlat notijorat taşkilotlari uçun soddalaştirilgan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot» standarti ham kiradi.