O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Guliyev Seged shahrida bo'lib o'tgan Jahon kubogida kumush medalni qo'lga kiritdi

UzDaily · 09.05.2026 · 21:20 · 758 views
Guliyev Seged shahrida bo'lib o'tgan Jahon kubogida kumush medalni qo'lga kiritdi

Guliyev Seged shahrida bo'lib o'tgan Jahon kubogida kumush medalni qo'lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik kanoechi Artur Guliyev Vengriyaning Seged shahrida o‘tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

200 metr masofaga final bahsida Guliyev 38,17 soniya natija qayd etdi. Ushbu ko‘rsatkich unga musobaqaning yakuniy protokolida ikkinchi o‘rinni taʼminladi.

Bahs g‘olibligini neytral maqomda ishtirok etgan Sergey Svinarev 38,05 soniya natija bilan qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rinni esa 38,30 soniya vaqt ko‘rsatgan Ispaniya vakili Pablo Grana egalladi.

 

UzDaily · 👁 758 views · 09.05.2026 · 21:20