Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Fransiyada insultni boşdan keçirgan 32 yoşli Özbekiston fuqarosi Lazizxon Ergaşev maxsus tibbiy reys orqali vatanga olib kelindi. Samolyot 14 noyabrga ötar keçasi Parijdan Toşkentga yetib keldi. Bu haqda Özbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.
Avvalroq erkakning onasi ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilib, öğlini Özbekistonga qaytarişda yordam söragan edi. Uning murojaati Migratsiya agentligi tomonidan tezkor nazoratga olindi.
Ergaşev xalqaro yuk taşiş sohasida haydovçi bölib işlagan. 11 oktyabr kuni uning soğliği keskin yomonlaşgan va şundan söng u Fransiyadagi şifoxonaga yotqizilgan.
Keyinçalik bemorning ahvoli oğirlaşib, u öpkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatiga ulangan.
9 noyabr kuni Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasi, Migratsiya agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi hamda Fransiyadagi şifoxona vakillari fuqaroni vatanga qaytariş uçun zarur çoralarni kelişib oldi.
12 noyabr kuni Fransiyaga uç nafar tibbiyot xodimidan iborat maxsus brigada yuborildi.
14 noyabrga ötar keçasi bemor şifokorlar nazorati ostida Parijdan Toşkentga olib kelindi. Taşiş jarayonida maxsus tibbiy uskunalardan foydalanildi.
Fuqaroni vatanga qaytariş bilan boğliq xarajatlar Migratsiya jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplandi.